Internet umumiy o‘tkazish qobiliyati 10 martaga o‘sdi. Endi internet tezligida «gacha» qo‘shimchasi ishlatilmaydi
30 noyabr kuni «O‘zekspomarkaz»da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «O‘zbektelekom» AK tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekiston Respublikasi prezidenti topshirig‘i bo‘yicha AKT sohasida topshiriqlarni amalga oshirish ketma-ketligi» hisobot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Ta'kidlanishicha, «O‘zbektelekom» AK tomonidan «Xalqaro paketli kommutatsiya markazlari va ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish» loyihasi doirasida Xalqaro paketli kommutatsiya markazi komplekslari modernizatsiya qilindi va shundan keyin XPKM komplekslarining umumiy o‘tkazish qobiliyati 10 marta: o‘zgartirilgan trafigi 110 Gbit/s.dan 1200 Gbit/s.gacha o‘sdi.
Qayd etilishicha kompaniya tarif rejalarida e'lon qilingan tezlikni kafolatlaydi. 2018 yil 1 dekabrdan boshlab kompaniya yangi kafolatlangan cheksiz tarif rejalarini ishga tushiradi.
Bundan tashqari, endi tarif rejalarida «gacha» qo‘shimchasi mavjud bo‘lmaydi, bu tanlab olingan tarif rejasi bo‘yicha tezlikning kafolatlanishini anglatadi. Endi 1 Mbit/s - 1 Mbit/s. ekanligini anglatadi.
Mavzuga oid
08:55 / 03.11.2023
“O‘zbektelekom” AKda IPO joylashtirish doirasida biznes uchrashuv o‘tkazildi
17:32 / 28.03.2023
O‘zbekistonda 5G Apple smartfonlarida
21:39 / 10.03.2023
O‘zbekistonda 5G texnologiyasini joriy etish jarayoni boshlandi
08:09 / 08.02.2023