Jahon | 12:55 / 02.12.2018
11902
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari Rossiya AQShdagi saylovlarga yana aralashganini ma'lum qildi

Foto: NICHOLAS KAMM / AFP

Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan xavfsizlik bo‘yicha forumda so‘zga chiqqan Pentagon rahbari Jyeyms Mettis «Rossiya noyabr boshida bo‘lib o‘tgan saylovlarga yana aralashishga uringanini» ma'lum qildi. Ammo u Moskva Kongress deputatligiga ovoz berish jarayoniga ta'sir ko‘rsatishga qay tarzda uringaniga aniqlik kiritmadi.

«Putin xatolaridan xulosa chiqarmayapti. Bu xatolarini tan olmasligi uning xalqiga nisbatan dushmanlikni paydo qilyapti. Putin xalqaro kelishuvlarni buzayotganini ko‘rib turibmiz. Biz ishonish mumkin bo‘lmagan odamga duch kelganmiz», deya Mettisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters.

Mettis keyingi yilda Rossiya-Amerika munosabatlari «shubhasiz yomonlashganini» e'tirof etdi.

Mavzuga oid