Poroshenko nima uchun Ukraina kemalari Kerch bo‘g‘ozini kesib o‘tganini aytdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat harbiy kemalari nima maqsadda Mariupolga Kerch bo‘g‘ozi orqali yuborilganiga aniqlik kiritdi. Bu haqda UNN xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kemalar ushbu yo‘ldan shu sababdan ketganki, agar ular quruqlikdan olib o‘tilganida, bu Kerch bo‘g‘ozi Rossiyaga tegishli ekanini tan olishni anglatgan bo‘lardi. Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, bu «ruslar istilosi» tan olinishini ham bildirardi.
«Kimdir biz boshqa yo‘llardan foydalanib, harbiy kemalarni quruqlikdan olib o‘tishimiz kerakligini aytishmoqda. Hurmatli siyosatchilar, bu nimani anglatadi? Kerch bo‘g‘ozini ruslarga berishni taklif qilmoqchimisizlar?», - dedi Poroshenko.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinda Rossiya imperiyasini tiklash va Ukrainani egallab olish istagi mavjudligini aytgandi.
«Putin avvalgi Rossiya imperiyasini qaytarmoqchi. Qrim, Donbassni, u butun mamlakatni qaytarib olishni istaydi. U o‘zini Rossiya imperatori sifatida ko‘radi, uning imperiyasi Ukrainasiz ishlashi mumkin emas, deb hisoblaydi. U bizni koloniya deb biladi», - dedi Poroshenko.
Mavzuga oid
23:26 / 26.09.2024
Tramp urushni to‘xtatish uchun «har qanday bitim»ga bormayotgan Zelenskiyga qarshi hujumga o‘tdi
18:35 / 26.09.2024
Vuhledar, Selidove, Toretsk. Ukraina uchun frontning qaysi nuqtasidagi vaziyat eng og‘iri?
15:17 / 26.09.2024
Ukrainaning “g‘alaba rejasi” amalga oshadimi? Tahlilchilar bahsi
11:30 / 26.09.2024