Jahon | 08:52 / 04.12.2018
16276
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh NATOning Kerch bo‘g‘ozidagi hodisaga yagona javobini ishlab chiqmoqchi

Foto: REUTERS

Amerika Qo‘shma Shtatlari NATOga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida alyansning Kerch bo‘g‘ozidagi hodisaga yagona javobini ishlab chiqmoqchi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu haqda Davlat departamentining yuqori lavozimli amaldori ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda bu borada «ayrim g‘oyalar» mavjud, shu munosabat bilan Davlat departamenti so‘nggi kunlarda yevropalik ittifoqchilar bilan yaqin hamkorlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko nima uchun Ukraina kemalari Kerch bo‘g‘ozini kesib o‘tganini aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kemalar ushbu yo‘ldan shu sababdan ketganki, agar ular quruqlikdan olib o‘tilganida, bu Kerch bo‘g‘ozi Rossiyaga tegishli ekanini tan olishni anglatgan bo‘lardi. Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, bu «ruslar istilosi» tan olinishini ham bildirardi.

Mavzuga oid