Jamiyat | 18:48 / 04.12.2018
38251
2 daqiqa o‘qiladi

Quva tumanida elektropoyezd Damas’ni urib yubordi. Qurbonlar bor

Kun.uz muxbiri Farg‘ona viloyati, Quva tumani hududida poyezd va Damas rusumli avtomobil to‘qnashgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi.

Farg‘ona viloyat IIB, YHXB tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, 3 dekabr soat 8:15larda Qo‘qon lokomotiv deposi mashinisti N. Qo‘chqorov boshqaruvidagi 6312 sonli shaharlararo «Qo‘qon-Andijon-Marg‘ilon» yo‘nalishidagi 6ta vagon ulangan elektropoyezd «Oxunboboyev-Quva» temir yo‘li hududida harakatlanayotgan bo‘lgan.

Poyezd Quva tuman, Guliston MFY hududidagi 279-kilometr 3-piketga yetganida, yo‘nalishining o‘ng tarafidagi qo‘riqlanuvchi temir yo‘l kesishmasidan haydovchi M. Dehqonov boshqaruvidagi 40W184QA davlat belgisiga ega Damas avtomobili ochiq shlagbaumdan chiqib kelib, elektropoyezd bilan to‘qnashgan.

Poyezd avtomobilni urib yuborishi oqibatida Damas’dagi 8 kishidan 3 nafari halok bo‘lgan va 5 nafari tan jarohati olgan.

Ma'lumotlarda hodisa yuz bergan payt temir yo‘l kesishmasidagi semaforda to‘xtash signali yonib turgani, lekin  shlagbaum ochiq bo‘lgani aytilgan.

Mavzuga oid