Iqtisodiyot | 16:26 / 05.12.2018
16704
1 daqiqa o‘qiladi

Inflyatsiya 2021 yilga borib 9,9 foizga tushishi mumkin

Foto: KUN.UZ

2018 yil O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 16,8 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligining 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognoziga doir loyihasida aytiladi, deb xabar beryapti Kun.uz muxbiri.

Qayd etilishicha, 2019 yilda inflyatsiya darajasi 15,5 foiz bo‘lishi kutilmoqda. 2020 yil bo‘yicha prognozda bu raqam 12,6 foizni, 2021 yilda - 9,9 foizni tashkil etishi mumkin.

Shuningdek, 2019 yilda davlat byudjyeti daromadlar102,6 trln so‘mni, xarajatlari - 107,1 trln so‘mni, taqchillik 4,5 trln so‘mni tashkil etishi mumkin. 

Kelasi yilda xarajatlarning 54 foizi ijtimoiy sohaga, 26,5 foizi - ta'lim, 11,3 foizi sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilishi kerak.

Davlat byudjyeti loyihasida 53 703,7 mlrd so‘m byudjyet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning ish haqlariga, 2 267,2 mlrd so‘m nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarga yo‘naltirilishi nazarda tutilmoqda. 

Mavzuga oid