Qozog‘istonda buzilib qolgan avtobus tufayli O‘zbekistonning 51 nafar fuqarosi evakuatsiya qilindi
Qizilo‘rda viloyatida so‘nggi bir necha kun ichida qutqaruvchilar 43 kishini, shu jumladan, O‘zbekistonning 35 nafar, Qirg‘izistonning sakkiz nafar fuqarosini evakuatsiya qilishdi.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1 dekabr kuni Qirg‘izistonning 8 nafar fuqarosi buzilib qolgan «Gazel» avtomashinasidan qutqarilgan, ular Sarishag‘an posyolkasidagi dam olish uyiga olib ketilgan.
5 dekabr kuni ertalab Qarag‘anda viloyati hududidagi «Sarishag‘an» avtomobil yo‘lida joylashgan tibbiy-qutqaruv punktiga Olmaota-Yekaterinburg trassasida ichida 51 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus buzilib qolgani haqida xabar kelib tushgan. Barcha yo‘lovchilar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazildi, 35 kishi Sarishag‘an temir yo‘l vokzali binosiga evakuatsiya qilindi, 16 kishi haydovchi bilan birga yaqin oradagi kafega joylashtirildi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda Qozog‘iston hududida 40ta yo‘l punkti ishlamoqda. Qishki davr boshlanganidan buyon 60dan ortiq kishi qutqaruvchilar tomonidan evakuatsiya qilindi.
Mavzuga oid
15:04 / 10.11.2024
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
17:12 / 09.11.2024
Qozog‘istonda qattiq qo‘nishni amalga oshirgan harbiy vertolyot yonib ketdi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
15:51 / 07.11.2024