Jahon | 13:04 / 05.12.2018
16010
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: OPEK a'zolari Moskva va Ar-Riyodning yaqinlashuvidan norozi

Foto: AFP

Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida paydo bo‘lgan yaqinlik Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkilotining (OPEK) ba'zi a'zolarida norozilik keltirib chiqarmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal yozyapti.

Ta'kidlanishicha, tashkilotdagi norozilik shundan kelib chiqmoqdaki, Ar-Riyod OPEK tarkibiga kirmaydigan Rossiya tomoniga neft narxini belgilashda juda katta ta'sir ko‘rsatish imkonini taqdim etmoqda.

«Ularning (tashkilot a'zolarining) so‘zlariga ko‘ra, kartelning neft narxini ko‘tarish bo‘yicha rejalari Rossiya roziligisiz xavf ostida qolishi mumkin», - dedi manba.

Aniqlik kiritilishicha, bunday holat tufayli Venesuela, Kuvayt, Nigeriya va Jazoir o‘zini chetda qolib ketgan, deb hisoblamoqda.

Manba so‘zlariga ko‘ra, tashkilotning ko‘plab a'zo davlatlari Rossiya hamda Saudiya Arabistonining neft narxlari bo‘yicha yopiq maslahatlashuvlarini noqonuniy deb biladi. Qatarning tashkilot tarkibidan chiqib ketish haqidagi qarori ham Moskva va Ar-Riyodning yaqinlashishi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar OPEKni tark etishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid