Dubayda ilk suzib yuruvchi supermarket ochildi
Dubayda ilk suzib yuruvchi supermarket ochildi. Unda salqin ichimliklar, shaxsiy gigiyena va terini himoyalash vositalari, muzqaymoq, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish mumkin. Bu haqda Arabian Business nashri ma'lum qildi.
Do‘kon uchta plyaj: Jumeyra, Kayt-Bich va As-Sifu-Bichga yaqin joylashgan. Uning asosiy mijozlari yaxta va gidrosiklda sayr qilib yuruvchilar bo‘lishi kutilmoqda. Do‘kon assortimentida 300 ga yaqin turli tovar bor.
Xaridni amalga oshirish uchun mijoz do‘kon yoniga suzib kelib, maxsus darchada buyurtma berishi kerak bo‘ladi. Do‘kon yoniga yaqinlasha olmaydigan kattaroq yaxtalar yo‘lovchilari uchun buyurtma berish mumkin bo‘lgan telefon liniyasi ochilgan.
Mavzuga oid
08:10 / 20.09.2024
Yirik supermarketlarda ayrim mahsulotlar narxi arzonlashdi
13:50 / 13.09.2024
Dubaydan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys majburan bekor qilindi
19:31 / 07.09.2024
Dubayda dunyodagi ikkinchi eng baland osmono‘par bino qurilmoqda
11:47 / 29.08.2024