O‘zbekiston | 11:30 / 08.12.2018
92659
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident DXXning asosiy vazifasi haqida gapirdi 

«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini ushbu ayyom bilan muborakbod etib, siyosiy-huquqiy hayotimizdagi o‘zgarishlar haqida ma'ruza qildi.

«Joriy yilda xavfsizlik xizmati idoralarining vazifa va vakolatlari to‘liq qayta ko‘rib chiqilib, barcha darajadagi xodimlar faoliyatiga xolisona baho berildi.

Ilk bor “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga asosan davlat manfaatlarini ichki va tashqi tahdidlardan ishonchli himoya qilish yangi tuzilgan maxsus idoraning asosiy vazifasi etib belgilandi», - deydi davlat rahbari.

Uning qayd etishicha, ekstremizm va terrorizm xavfi, mamlakat konstitutsiyaviy tuzumi va iqtisodiyotiga tajovuzlar saqlanib qolayotgan bugungi tahlikali zamonda Davlat xavfsizlik xizmatining mard va jasur askar va ofitserlari har qanday buzg‘unchi kuchlarga qarshi murosasiz kurashishi va Vatan himoyasida mustahkam qalqon bo‘lishi zarur.

«Xabaringiz bor, yaqinda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini tekshirish maqsadida Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan dala o‘quv mashqlari keyingi ikki yilda mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan keng qamrovli ishlarning yaqqol namunasi, desam, to‘g‘ri bo‘ladi. Biz bu boradagi ishlarimiz ko‘lamini yanada kengaytirgan holda, tizimli ravishda davom ettiramiz», - dedi prezident. 

Mavzuga oid