Moldova prezidenti yana o‘z lavozimidan chetlatildi
Moldova Konstitutsion sudi mamlakat prezidenti Igor Dodonni yana o‘z vazifalarini bajarishdan chetlatdi. Bu u tomonidan ma'qullanmagan beshta qonunni tasdiqlatish maqsadida ro‘y berdi.
«Prezidentning lavozimidan vaqtinchalik iste'fosini oqlaydigan holatlar bor. Bu u konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgani hamda parlament tomonidan tasdiqlangan qonunlarni ma'qullamagani sababli yuz bermoqda. Konstitutsiyaning 91-moddasiga ko‘ra, parlament raisi prezident vakolatlarini bajaruvchi sifatida ushbu qonunlarni imzolaydi», - deya aytib o‘tdi sud raisi Mixay Poalelunj. Uning so‘zlari RIA Novosti tomonidan keltirilgan.
Ta'kidlanishicha, qaror yakuniy hisoblanadi, bu borada shikoyat berib bo‘lmaydi.
Moldova Konstitutsion sudi sentabr oyida ham Dodonni vazifalarini bajarishdan vaqtinchalik chetlatgandi. U uch marotaba vaqtinchalik chetlatilgan, shu bilan birga, ikki holatda bu u vazirlar nomzodini tasdiqlashdan bosh tortgani tufayli yuz bergan.
Mavzuga oid
00:09 / 13.11.2024
Moldova hududidan yana bir dron topildi
23:38 / 10.11.2024
Rossiya tomonidan uchirilgan ikkita dron Moldova hududiga qulab tushdi
21:13 / 05.11.2024
Kreml rossiyaparast nomzod mag‘lubiyatidan keyin Moldovadgi prezidentlik saylovlarini «adolatsiz» deb atadi
08:50 / 04.11.2024