O‘zbekiston | 16:05 / 10.12.2018
4962
2 daqiqa o‘qiladi

UZINFOCOM domen nomlarini ro‘yxatga olish faoliyatini to‘xtatdi

Foto: Fotolia

«Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM» MChJ UZ zonasida domen nomlarini ro‘yxatga olish va yangilash bo‘yicha o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda integrator saytida ma'lum qilindi. 

«Yagona integrator UZINFOCOM» tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan domen nomlarining egalari xohishlariga ko‘ra, o‘z domen nomlarini UZ zonasining rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazuvchisiga o‘tkazishlari mumkin», deyiladi saytda joylashtirilgan xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu yechim «Yagona integrator UZINFOCOM» MChJ ro‘yxatga oluvchilar va UZ domen administratsiyasi o‘rtasida aniq taqsimlangan vazifani bajarish, ro‘yxatga oluvchilar raqobatdosh tarmoqlarini rivojlantirish, domen nomlarini ro‘yxatga olish va qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini markazlashtirmaslik, raqobat muhitini ta'minlash, bozorda taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini va domen nomlarini ro‘yxatga olish, .UZ hududining asosiy reyestrini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashni yaxshilashga yordam beradi.

Statistikaga ko‘ra, ayni vaqtda milliy domen hududi .uz hududida faol domenlar soni 64 mingdan ortiq.

Mavzuga oid