Fotoreportaj: Senatning 17-yalpi majlisi qanday o‘tdi?
13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda yangi saylangan senator Dilorom Toshmuhammedova yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, senatorlar navbatdagi yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjyeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjyetlari hamda soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, «Soliq va byudjyet siyosatining 2019 yilgi asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalari kiritish to‘g‘risida»gi qonunni ko‘rib chiqishdi.
Yig‘ilishda Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev davlat tili maqomi haqida gapirib, bu borada qonun amalda ijro etilmayotganiga e'tibor qaratgan. Senator Jahongir Ortiqxo‘jayev esa Qozog‘iston va O‘zbekistonning sarmoyadorlar uchun kurashini ta'kidlab, ayni vaziyatdan norozi bo‘ldi.
Suratlar muallifi: Ma'ruf Asqarov
Kun.uz
Mavzuga oid
13:08 / 21.09.2024
Senat Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasini ratifikatsiya qildi
12:29 / 21.09.2024
Tabiblik litsenziyasiga ega bo‘lmagan shaxslar davolash xizmatini ko‘rsatgani uchun javobgarlik joriy qilinmoqda
18:36 / 20.09.2024
Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi
18:30 / 20.09.2024