Jahon | 09:50 / 15.12.2018
9773
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya bosh vaziri G‘arbiy Al-Quds Isroil poytaxti deb tan olinishi haqida ma'lum qildi

Foto: Pixabay

Avstraliya hukumati G‘arbiy Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida rasman tan oladi, ammo Tel-Avivdan elchixonani hozircha ko‘chirmaydi.

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Skott Morrison ma'lum qildi.

«Hukumat Avstraliya G‘arbiy Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishi haqida qaror qabul qildi», - deya uning so‘zlarini keltiradi SBS.

Oktyabr oyida Avstraliya Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olish va u yerga o‘z elchixonasini ko‘chirish imkoniyatini o‘rganib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval OAV Avstraliya Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olgani haqida xabar tarqatgandi.

Mavzuga oid