19 yoshli sardor Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi
«Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt «Golden Boy» sovrini sohibi bo‘ldi.
Niderlandiyalik iste'dod egasi so‘rovnomada «Liverpul» himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold, «Milan» hujumchisi Patrik Kutrone, «Roma» yarimhimoyachisi Jastin Klyuyvert va «Real» yarimhimoyachisi Vinisius Juniordan ko‘proq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
19 yoshli de Ligt 2016 yilda «Ayaks»da debyut qilgan. Jamoa sardori hisoblanuvchi futbolchi Erediviziyaning ushbu mavsumida 15ta o‘yinda qatnashib, 2+1 mahsuldorlik natijasiga erishdi. Matteysga «Barselona» klubi jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar bor.
De Ligt sovrinni bugun Turinda qabul qilib oladi.
Ma'lumot uchun, «Golden Boy» Yevropa chempionatlarida to‘p suruvchi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga topshiriladi. Sovrin Italiyaning Tuttosport gazetasi tomonidan 2003 yilda ta'sis etilgan bo‘lib, g‘olib The Times (Angliya), France Football (Fransiya), Mundo Deportivo (Ispaniya), Bild (Germaniya), A Bola (Portugaliya) kabi nashrlarda faoliyat yurituvchi jurnalistlar bergan ovozlarga ko‘ra aniqlanadi.
Bu safargi ovoz berish jarayonida turli mamlakatlardan bo‘lgan 30dan ziyod jurnalistlar ishtirok etgan.
Mukofot 2017 yilda «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappega topshirilgan edi.
Matthijs de Ligt joins the Golden Boy club 🇳🇱⭐ pic.twitter.com/yvquAfDhAs
— B/R Football (@brfootball) 17 dekabrya 2018 g.
Mavzuga oid
15:50 / 06.06.2024
Yamal, Nevesh, Garnacho – Golden Boy uchun asosiy da’vogarlar, Abduqodir Husanov ham reytingdan joy oldi
16:58 / 29.07.2022
«Chelsi» «transfer o‘g‘risi» sifatida tanilgandi, endi o‘zi ham «o‘g‘rilar» qurboni bo‘lmoqda
12:24 / 25.07.2022
«Bavariya» transferlar bozorida faol. Nemis grandi tarkibni qanday yangilamoqda?
16:39 / 20.07.2022