Android’dagi smarchfonlarni quvvatsizlantiruvchi virus aniqlandi
Sophos kompaniyasining kiberxavfsizlik sohasidagi tadqiqotchilari akkumulyatorni tez quvvatsizlantiruvchi, Android boshqaruvidagi qurilmalar uchun zararli dasturni aniqladilar. Hisobotga Mirror nashri e'tibor qaratdi.
Zararli dasturiy ta'minot Google Play do‘konidan bir nechta servislarda aniqlandi va Andr/Clickr-AD deb nomlandi. Zararlangan ilovalar ichida reklama havolalariga o‘tishni yuzaga keltiruvchi va ilova ishga tushirilgani yoki tushirilmaganiga qaramasdan ishlaydigan kliker bo‘lgan. Doimiy faollik akkumulyatorning tez quvvatsizlanishiga olib kelgan. Taxminan ikki million marcha yuklab olingan 20dan ortiq ilovalar zararlangan bo‘lib chiqdi.
Kiberjinoyatchilar reklama beruvchilarga o‘z dasturlarini iOS-ilovalar sifatida ko‘rsatib, daromadlarini oshirib borishgan. Hozirgi paytda zararlangan ilovalar Google Play’dan o‘chirib tashlandi.
Ekspertlar antiviruslardan foydalanishni maslahat berishdi, jabrlanuvchilarga esa ilk sozlamalarni qaytarish tavsiya etildi, biroq bu usuldan foydalanishda saqlangan ma'lumotlar o‘chirib yuborilishi haqida ogohlantiruv berildi.
Mavzuga oid
16:32 / 27.09.2024
Amerikalik olimlar grippdan himoya qiladigan burun spreyini ixtiro qildi
16:23 / 10.09.2024
Televizor pulti yuqumli viruslar manbai ekani tasdiqlandi
12:24 / 06.09.2024
Smartfonlar miya saratoniga sabab bo‘lishi haqidagi fikrlar asossiz deb topildi
20:58 / 04.09.2024