«O‘zbekenergo» rahbari: aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 1991 yildagidan ham kam
Bugun, 19 dekabr kuni «Taraqqiyot» strategiyasi markazida «O‘zbekenergo» AJ rahbariyati va yetakchi mutaxassislari ishtirokida «2018 yilda iste'molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash borasidagi faoliyat: erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
«O‘zbekenergo» AJ Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev boshchiligidagi bu anjuman ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi. Rais bunday anjumanlarda ko‘p kuzatilgan savollarga javob berishda aniqlikdan qochish va umumiy balandparvoz gaplar uslubidan voz kechib, yig‘ilganlar bilan oddiy va xalqona tilda muloqot qildi.
«Tizimdagi muammolar yetarli, ammo ularni yechish bo‘yicha ancha ishlar ham amalga oshirilmoqda. Hanuz aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 1991 yildagidan kamroq. Holbuki, bugungi kunda aholi turmush darajasi ortib, har bir xonadonda elektr ta'minotida ishlovchi maishiy texnikalar soni ko‘paygan.
Qolaversa, yalpi ichki mahsulot yiliga 6-7 foiz ortishi uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish kamida 10 foiz ortib borishi kerak. Hozirgi kunda «O‘zbekenergo» AJ ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 12,5 ming megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. 2030 yilga kelib bu ko‘rsatkichni 20-22 ming megavattga yetkazish dasturi qabul qilingan», deya Mustafoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
14:11 / 16.01.2023
Video: Prezident energetika sohasi mas’ullarini tanqid qildi
10:55 / 27.08.2021
Alisher Sultonov: Navoiyda qurilayotgan yangi quyosh fotoelektr stansiyasi 31 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta'minlaydi
11:06 / 12.04.2021
«Hududiy elektr tarmoqlari» raisi: «Ayni vaqt ta'minot yuzasidan eng yaxshi kunlar»
22:09 / 16.03.2021