O‘zbekiston | 19:15 / 20.12.2018
25508
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yana 22 mamlakat uchun vizasiz rejim joriy etmoqchi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Yaqin kelajakda O‘zbekiston yana 22 davlat uchun vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

«Hujjat loyihasi bor, u hozirgi vaqtda muhokama hamda muvofiqlashtirish jarayonida turibdi. Unga ko‘ra, vizasiz davlatlar soni 22taga oshishi kerak, ya'ni hozirgi 18ta davlatdan ro‘yxat 40tagacha ko‘payishi lozim. Tabiiyki, buni faqatgina Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasi hal qilmaydi. Tashqi ishlar vazirligi va boshqa idoralar yo‘nalishi bo‘yicha muvofiqlashtiruv davom etmoqda», - deya Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 10 oyida O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 2 barobar oshib, qariyb 4,4 million kishini tashkil etdi. 2018 yilda 9ta mamlakat fuqarolari uchun joriy etilgan vizasiz rejim bunda katta o‘rin tutdi.

Mavzuga oid