Jahon | 07:40 / 21.12.2018
15021
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Pentagon rahbari iste'foga ketishini e'lon qildi  

Foto: Mandel Ngan, AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp mudofaa vaziri Jyeyms Mettis 2019 yil fevral oxirida pensiyaga ketishini e'lon qildi. 

“General Mettis mening ma'muriyatimda mudofaa vaziri lavozimida ikki yil ishlagandan keyin fevral oxirida pensiyaga ketadi”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Tramp yangi mudofaa vaziriga nomzod yaqin orada ma'lum qilinishini qo‘shimcha qilgan. “Jimning faoliyati davomida katta taraqqiyotga erishildi. General Mettis ittifoqdoshlar va boshqa davlatlarni harbiy majburiyatlaridagi o‘z ulushini to‘lashga majbur qila olishda yordam berdi”, deyilgan Tramp xabarida.

Mettis maktubida Tramp o‘zining qarashlariga yaqin qarashlarga ega bo‘lgan mudofaa vazirini topa olishi uchun iste'foga ketishini aytgan. U Vashington mustahkam iqtisodiy munosabatlarni qo‘llab-quvvatlamasdan va “ittifoqdoshlarga hurmat ko‘rsatmasdan” o‘z manfaatlarini himoya qila olmasligini ta'kidlab o‘tgan. 

“Sizda qarashlari siznikiga yaqin bo‘lgan mudofaa vaziriga ega bo‘lish huquqi borligi sababli, men o‘z fikrimda qolgan holda iste'foga ketishga haqliman, deb hisoblayman”, deb aytgan Pentagon rahbari. 

Iste'foga ketishni Mettisning o‘zi so‘ragan. Uning bu haqdagi maktubi 20 dekabrda  topshirilgan. Hujjatga ko‘ra, mudofaa vaziri prezident bilan kelishmovchiliklar sababli iste'foga ketishga qaror qilgan.

Mettis Pentagonni 2017 yil 20 yanvardan boshqara boshlagan. Bungacha u AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari korpusida xizmat qilgan, Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan. Mettis, shuningdek, NATO qurolli kuchlarida qurol-aslahalarni modernizatsiya qilishga boshchilik qilgan va AQSh qurolli kuchlarining tasarrufida O‘rta Sharq, Sharqiy Afrika va Markaziy Osiyodagi operatsiyalar bo‘lgan markaziy qo‘mondonligiga rahbar bo‘lgan. 

Mavzuga oid