«O‘zbekko‘mir» xususiy kompaniya boshqaruviga topshirildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq:
“ProgressGorTex” MChJning (Rossiya Federatsiyasi) O‘zbekistonda tashkil etiladigan sho‘'ba xo‘jalik jamiyati “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekko‘mir” AJ ustav kapitalidagi 45 foiz miqdoridagi aksiyalari turkumining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etiladi;
ishonchli boshqaruv davrida “O‘zbekko‘mir” AJning tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyati sifatida saqlab qolinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati samaradorligini amalga oshirish chora tadbirlari haqida”gi qarori loyihasi joylashtirilgandi.
ishonchli boshqaruvchi “O‘zbekko‘mir” AJning boshqarish uchun xorijiy mutaxassis jalb etish huquqiga ega;
ishonchli boshqaruvchining mukofot puli miqdori aniq belgilab qo‘yiladi, u “O‘zbekko‘mir” AJ mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, tasdiqlangan biznes-rejani bajarish uchun ishonchli boshqaruvchining o‘zlik mablag‘lari yoki xorijiy kreditorlarning mablag‘lari jalb etilsa, ushbu mablag‘lar asoslangan hisob-kitob va mustaqil auditor xulosasiga asosan “O‘zbekko‘mir” AJ sof foydasi hisobidan qoplanadi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ikki oylik muddatda ishonchli boshqaruvchi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekko‘mir” AJ ustav fondidagi 45 foiz ulushini 3 yil muddatga ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha muzokara o‘tkazadi va shartnoma tuzilishini ta'minlaydi. “O‘zbekko‘mir” AJ biznes rejasi ko‘rsatkichlari berilsa shartnoma muddatini uzaytirilishi mumkin.
Shartnomada:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va ishonchli boshqaruvchi vakolatlari va javobgarligini cheklash;
ishonchli boshqaruvchi taklifiga ko‘ra tashkiliy tuzilma va ijro organi tarkibini o‘zgartirish;
“O‘zbekko‘mir” AJning texnik va ishlab chiqarish siyosatini shakllantirish, ochiq kon ishlarini amalga oshirishning istiqboldagi rivojlanish rejasini aniqlash, o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish, investitsiyaviy rivojlanish strategiyasi va sotib olish jarayoniga ishonchli boshqaruvchi taklif kiritish huquqiga egaligi nazarda tutiladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga 2019 yilning 1 fevraliga qadar ishonchli boshqaruvchining tavsiyalari bo‘yicha 2013-2016 yillarda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridan olingan kredit va foizlarni qaytarish muddatini optimallashtirish bo‘yicha taklif kiritadi.
Kartoteka.ru va YeGRYuL ma'lumotlariga ko‘ra, «ProgressGorTex» 2018 yil 15 oktyabrda Nikolay Gennadevich Yemelyanov tomonidan tashkil etilgan. U «Selena» MChJning ham ta'sischilaridan biri - Gazprombank sobiq top-menejyeri Doniyor Komilov bilan birga. Ma'lumot uchun: Doniyor Komilov 2010-2014 yillarda Gazprombankning «Upravlyayushchaya kompaniya — Strategicheskiye aktivi» YoAJ tuzilmasi rahbari bo‘lgan. Shuningdek, 2015-2016 yillarda u «Uralmashzavod» direktorlar kengashiga kirgan.
Mavzuga oid
21:04 / 10.01.2024
“O‘zbekko‘mir”ni ishonchli boshqaruvga berish muddati yana uzaytirildi
22:23 / 04.04.2023
Panadagi boshqaruv va savolli oqibatlar: “O‘zbekko‘mir” qanday shartlar bilan berilgandi?
07:22 / 02.08.2022
Ijtimoiy soha obektlari 15 sentabrga qadar mahalliy ko‘mir bilan to‘liq ta’minlanadi
21:25 / 19.05.2021