«Real» ba'zi shartlar bilan Modrichni «Inter»ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi
«Real» yarimhimoyachi Luka Modrichni «Inter»ga qo‘yib yuborish bo‘yicha muzokara boshlashga tayyor, deb xabar tarqatdi Don Balon.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Madrid klubi Modrichni neapolliklar himoyachisi Milan Shkrinyar va hujumchi Mauro Ikardiga ayirboshlash ustida bosh qotirmoqda. «Real», shuningdek, transferga 22 yoshli yarimhimoyachisi Daniel Sebalosni ham qo‘shib, ustiga yana 25 mln yevro to‘lashga rozi.
Avvalroq «Inter» yanvarda Luka Modrichni qo‘lga kiritishga yana bir bor urinib ko‘rishi ma'lum bo‘lgandi. O‘tgan yozda klublar transfer summasi masalasida kelisha olishmagan edi.
Bu yil FIFA talqini bo‘yicha jahonning eng yaxshi futbolchisi va «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Modrich «Real»ga 2012 yilda «Tottenhem»dan kelib qo‘shilgan. U La Ligada bu mavsum 16 o‘yinda qatnashib, 2ta samarali pas muallifi bo‘ldi.
Mavzuga oid
02:06 / 15.08.2024
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi
01:58 / 02.06.2024
«Real» - 15 karra Chempionlar Ligasi g‘olibi
18:50 / 09.05.2024
Dunyoning eng qimmat klublari reytingi e’lon qilindi
12:12 / 23.04.2024