Jahon | 08:59 / 25.12.2018
10136
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh iqtisodiyotining “yagona muammosi” nimada ekanligini aytdi 

Foto: EPA

AQSh iqtisodiyotining yagona muammosi – Federal zaxira tizimi (FZT)dir. Bunday fikrni AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda bildirdi. 

“Iqtisodiyotimizning yagona muammosi – bu FZT. Ular bozorni his qilmaydilar, savdo urushlari yoki kuchli dollar zarurligi va hattoki demokratlar tomonidan chegara bo‘yicha bahslar sababli hukumat ishining to‘xtatilishini tushunmaydilar”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp. 

Bundan tashqari, Tramp FZTni “kuchli, biroq chuqurchaga to‘pni tushira olmaydigan uquvsiz golfchiga” qiyosladi. 

Federal zaxira tizimi markaziy bank vazifasini bajaruvchi va AQSh bank tizimi ustidan nazorat olib boruvchi mustaqil federal agentlik hisoblanadi. U 12 ta federal zaxira bankini birlashtiradi. FZT rahbarini faqat prezident ishdan olishi mumkin.

Mavzuga oid