O‘zbekiston | 12:36 / 26.12.2018
24356
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining 3 tumanida hokimlar lavozimga rasman tasdiqlandi

Xalq deputatlari Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanlarining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, sessiyalarda tashkiliy masala ko‘rilgan.

Shu kunga qadar Olmazor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Sultonovich Rahmonov, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkatbek Turdiyevich Ergashev, Mirobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Shuhrat Abdujabborovich Po‘latov rasman hokim etib tayinlangan, ularning lavozimidan «vazifani bajaruvchi» qo‘shimchasi olib tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Rahmonov joriy yilning 12 may kuni Olmazor tumani hokimi etib tasdiqlangandi.

Baxtiyor Rahmonov

Shavkatbek Ergashev shu yilning aprelidan buyon Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi sifatida ishlab kelmoqda.

Shavkatbek Ergashev

Mirobod tumanida esa Shuhrat Po‘latov 2017 yil aprelidan beri hokim lavozimini egallab turibdi.

Shuhrat Po‘latov

Joriy yilning iyun oyi boshlarida esa Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari bir kunda ishdan olinib, lavozimga qayta tayinlangandi.

Mavzuga oid