Jahon | 09:29 / 26.12.2018
13772
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bosh prokurori: Kerchdagi hodisa Rossiya bosqinining uchinchi to‘lqini

Foto: Ivan Kovalenko / Kommersant'

Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko Kerch bo‘g‘ozidagi hodisani «Rossiya bosqinining uchinchi to‘lqini», deb atadi. U bu haqda Bild nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «dastlabki ikki to‘lqinga» Qrim yarim orolining Rossiya bilan birlashuvi, shuningdek, Donbassda ro‘y berayotgan voqealar aylandi. Uning tushuntirishicha, Ukraina hududida harbiy holatni joriy etish to‘g‘risidagi qaror mamlakatlar chegarasidagi «rus qo‘shinlarining yuqori konsentratsiyasi» bilan bog‘liq. Bundan tashqari, bosh prokuror so‘zlariga ko‘ra, 16-60 yosh oralig‘idagi rossiyaliklarning Ukrainaga kirishiga qo‘yilgan taqiq shu bilan bog‘liqki, ular Ukrainaga qarshi e'lon qilinmagan urushni moliyaviy va siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda.

«Biz ular bu OAV tomonidan tarqatilayotgan targ‘ibot ertaklari emas, balki urush ekanligini his qilishlarini xohlaymiz», - dedi Lutsenko.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya OAV Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi «uchinchi jahon urushi» haqida yozgandi.

Mavzuga oid