Rossiyalik oligarx Putinga sanksiyalar bo‘yicha shikoyat qildi
Rossiyalik milliarder, «Skolkovo» jamg‘armasi prezidenti va «Renova» kompaniyasi egalaridan biri Viktor Vekselberg Rossiya prezidenti Vladimir Putinga AQSh sanksiyalari bo‘yicha shikoyat qilib, ular biznesiga zarar yetkazganini aytdi. Rossiyalik oligarxning so‘zlari Reuters agentligi tomonidan keltirilgan.
Tadbirkor Amerika cheklovlari natijasidagi yo‘qotishlarni «o‘limga olib kelmaydigan», deb baholadi. «Katta miqdorda yo‘qotishlar, bu yoqimsiz. Sanktsiyalar bizning biznesimiz tuzilmasiga sezilarli ta'sir qildi, ammo bu o‘limga olib kelmaydi», - dedi oligarx. U rossiyalik boshqa bir milliarder - Oleg Deripaskaning Amerika hukumati bilan muzokaralardagi muvaffaqiyatini izohlashdan bosh tortdi.
Har ikki tadbirkor 2018 yil aprel oyida AQSh sanksiyalari ostida qoldi, bu ularning aktivlari qiymatiga keskin ta'sir ko‘rsatdi, shuningdek, butun biznes uchun jiddiy xatarlar uyg‘otdi. Natijada, ular cheklovlardan qutulish uchun aktivlarga egalik qilish tuzilmasini jiddiy o‘zgartirdi. Ikkala biznesmen asosiy aktivlarda ulushni sezilarli darajada kamaytirdi, bu biznes normal ish olib borishi uchun kerak bo‘ldi.
Shuningdek, Veskelbergning jurnalistlarga aytishicha, Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumiga (BIF) borishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng boy odamlar 2018 yilda 511 mlrd dollar yo‘qotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58 / 12.11.2024