Prezident qarori bilan mulk va yer solig‘i bo‘yicha o‘zgarishlar tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Unda 2019 yilda to‘lanadigan soliq va majburiy to‘lovlarning miqdori belgilab berildi.
Qarorning mulk va yer solig‘iga bag‘ishlangan qismida quyidagilar keltirilgan:
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i to‘lovchilarning to‘liq qamrab olinishi va ularning hisobi aniq yuritilishini ta'minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rsin.
Davlat soliq xizmati organlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq hisobotlarini tuzishda xo‘jalik sub'yektlariga ko‘maklashsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro tajribani o‘rgangan holda 2019 yil 1 mayga qadar ikkinchi va undan keyingi uy-joy fondi obektlari, shuningdek, dala-hovlilari uchun jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqning oshirilgan stavkalarini kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. 2019 yilda yagona yer solig‘i to‘lovchilar uchun soliqqa tortishning amaldagi tartibi saqlab qolinishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2019 yil 1 yanvardan, tajriba tariqasida meva-sabzavotchilik mahsulotlari (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar, tokzorlar) bilan band qilingan sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan yerlar uchun meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilaridan undiriladigan yagona yer solig‘ining bazaviy stavkalari 20-ilovaga muvofiq kiritilsin.
14. 2019 yil uchun mahalliy yig‘imlarning chegaralangan stavkalari
21-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, deyiladi Qarorda.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklatildi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
07:15 / 24.07.2024