Jahon | 17:13 / 02.01.2019
12558
1 daqiqa o‘qiladi

Magnitogorskda halok bo‘lganlar soni 21 kishiga yetdi

Foto: Ilya Moskovets/TASS

Magnitogorskdagi uy vayronalari ostidan yana ikki kishining jasadi chiqarib olindi, deya xabar bermoqda Rossiya FVV matbuot xizmati.

Shu tariqa, qurbon bo‘lganlarning jami soni 21 kishiga yetdi. TASS’ning vazirlik vakiliga tayangan holda xabar berishicha, ikki erkak kishining jasadi topilgan.

Avvalroq, 19 kishi halok bo‘lgani, ular orasidan ikki nafari yosh bola ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Qidiruv amaliyoti davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Magnitogorskda yo‘nalishli taksidan uch kishining jasadi topilgani, tergov uydagi portlash terakt emasligini bildirayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid