O‘zbekiston terma jamoasining Dubaydagi ilk mashg‘ulotlaridan fotojamlanma
Kecha BAAga yetib borgan O‘zbekiston terma jamoasi mahalliy vaqt bilan soat 18:00dan mashg‘ulotlarga kirishgan.
«Dubayda havo harorati 23-24 daraja issiq. Mashg‘ulot biz joylashgan mehmonxonadan avtobusda 20 daqiqalik uzoqlikda joylashgan BAA futbol assotsiatsiyasiga qarashli maydonda o‘tkazildi. Birinchi kun bo‘lgani uchun futbolchilarga ko‘p yuklamalar berilmadi. To‘p bilan yengil mashqlar bajarilganidan keyin, futbolchilar ikki guruhga bo‘linib futbol o‘ynashdi. Bunda himoyadan hujumga o‘tish va raqib qarshi hujumga o‘tganda himoyalanish bo‘yicha mashg‘ulot olib borildi», – deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.
Qo‘shimcha qilinishicha, jamoa safida barcha sog‘lom, jarohat bezovta qilayotganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogining ochilish uchrashuvi 5 yanvar kuni mezbon BAA va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ertasiga bir kunda uchtadan o‘yinlar o‘tkazila boshlaydi; so‘nggi guruhdan joy olgan O‘zbekiston ilk bahsini 9 yanvarda Ummon terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv terma jamoa qarorgohi joylashgan Dubay shahridan 55 km uzoqlikdagi Sharjada bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:15 / 24.10.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston so‘nggi 8 yildagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
16:51 / 16.10.2024
O‘zbekistonning JCh-2026ga borish imkoniyati keskin oshdi – We Global Football
21:06 / 15.10.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 10 kishi qolgan BAAni penaltidan kiritilgan gol evaziga mag‘lub etdi
14:53 / 15.10.2024