Sobiq bokschi bir zarba bilan Poroshenkoni qo‘riqlash xizmati xodimini o‘ldirib qo‘ydi
Ukrainada mojaro oqibatida prezidentni qo‘riqlash xizmati xodimi, 27 yoshli Vasiliy Xmelyuk o‘ldirildi. Voqea 2 yanvar kechki vaqt Kiyevning nufuzli tumanlaridan birida yuz bergan. Internetda mojaroning kuzatuv kameralaridan olingan videosi tarqalgan.
Qotilliqda gumonlanuvchi kimsa professional bokschi Petr Ocheretyaniy bo‘lib, u 2009 yilgacha 90 kg gacha vazn toifasida bokschilik faoliyati bilan shug‘ullangan.
Ma'lum qilinishicha, gumonlanuvchi kechki vaqt ikkita itini sayr qildirishga olib chiqqan. Shu vaqt voqea yuz bergan turar joy majmuasiga Xmelyuk, uning oilasi va do‘sti mashinada kelgan. Mashina sobiq bokschining itlaridan birini bosib olay degach, gumonlanuvchi o‘z e'tirozini bildirgan. Natijada mojaro chiqib, u fojia bilan yakunlangan.
Sportchi mojaro vaqtida Xmelyukning jag‘iga musht tushirgan. Jabrlanuvchi yiqilib, hushini yo‘qotgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xodimlarining urinishlariga qaramay, u o‘ziga kelmay jon bergan.
Voqea joyidan ketib qolgan gumonlanuvchi birozdan keyin o‘zi politsiya bo‘limiga kelgan. Unga 15 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
16:30 / 21.09.2024
Ukrainada 300 dan ortiq aholi punkti nomi o‘zgartiriladi
12:10 / 21.09.2024