Charchaganda, jahl chiqqanda, tushkunlikka tushganda - Leonardo da Vinchining fikrni jamlash usuli
Leonardo da Vinchining fikrni jamlash usuli psixolog maslahatiga qaraganda yaxshiroq ta'sir qiladi.
Uyg‘onish davrining asosiy daholaridan biri Leonardo da Vinchi nafaqat san'at va ilm-fan, balki psixologiyada ham yodnoma asarlar yaratdi. Rassom bo‘yoqlar va mo‘yqalam yordamida aql va qalbni davolashning oddiy mexanizmini tasvirlagan. O‘z uslubiga u jami 23 bandni kiritdi.
Zamonaviy ruhshunoslar da Vinchi haq ekanini qayd etishmoqda. Bu aql, asab va ruhiyatdagi zo‘riqishni olish usuli deyarli barcha holatlarda haqiqatan ham ish beradi.
Charchadingizmi — gullar rasmini chizing.
Jahlingiz chiqdimi — chiziqlar chizing.
Og‘riq bormi — yasang.
Zerikdingizmi — bir parcha qog‘ozni turli gullar bilan to‘ldiring.
Xafamisiz — kamalak rasmini chizing.
Xavotirni his etyapsizmi — qo‘g‘irchoq yasang.
Qo‘rqyapsizmi — makrame to‘qing yoki matodan applikatsiya yasang.
Achchiqlanyapsizmi — qog‘ozni mayda bo‘laklarga bo‘ling.
Xavotirlanyapsizmi — origami taxlang.
Bezovtalanyapsizmi— naqshlar chizing.
Eslash kerakmi —labirintlar chizing.
Hafsalangiz pir bo‘ldimi — rasm nusxasini chizing.
Tushkunlikka tushdingizmi— yo‘l rasmini chizing.
Biror narsani tushunish kerakmi — mandallar chizing.
Kuchni tezda tiklash zarur — manzarani chizing.
Tuyg‘ularingizni tushunish kerak —avtoportret chizing.
Holatni eslab qolish zarur — rangli dog‘larni chizing.
Fikrlarni tizimlash zarur bo‘lsa — ari ini yoki kvadrat chizing.
O‘zingiz va istaklaringizga oydinlik kiritishni istaysiz — kollaj tayyorlang.
Fikrni jamlash kerak — nuqtalar bilan chizing.
Vaziyatdan optimal chiqishni izlash uchun — to‘lqin va doiralar chizing.
“Tiqilib qolganingizni” his etyapsiz va oldinga harakat qilish kerak — spirallar chizing.
Maqsadga fikrni jamlash uchun — to‘r va nishonlar chizing.
Mavzuga oid
12:19 / 07.09.2024
Mo‘yqalamidan qon tomgan rassom: Vereshchagin kim bo‘lgan?
14:06 / 11.12.2022
San’at asarlarimi yoki soxta pullar – dollar va funt sterling tasvirlarini qo‘lda chizib sotgan amerikalik rassom nega ayblangandi?
22:32 / 26.10.2022
Foto: Turkiston avangardining durdonalari – Parijda
12:21 / 25.07.2022