O‘zbekiston | 19:32 / 06.01.2019
10143
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyat IIB vakillari Andijon tumani aholisi bilan muloqotlar o‘tkazdi

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining sektori hisoblangan Andijon tumanida yashovchi aholini kunlik ijtimoiy masalalarini o‘rganish ishlari tizimli tashkil etilgan. Jumladan, tumanning Baxt, , Poloson, Oyjamol va Sanoat MFYlarida yashovchi aholi ishtirokida uchrashuv-muloqot o‘tkazildi, deya xabar beradi boshqarma axborot xizmati.

Uchrashuvlarda hududda yashovchi kishilarning bugungi kunda qiynab kelayotgan muammolar yechimi, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, xonadonlarda fuqarolarning ehtiyotsizligi oqibatida kelib chiqayotgan tabiiy va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish, uning ayanchli oqibatlaridan fuqarolarni ogohlikka chaqirish kerakligiga alohida e'tibor qaratildi. Xodimlar muloqot davomida mahalla yoshlariga taniqli adiblarning badiiy asarlarini topshirdilar.

Sektor rahbarining tashabbusi bilan hududdagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj 80 ta oilalarga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi. Shuningdek, 120dan ziyod oilalar holidan xabar olinib, mavjud muammolariga yechim topildi.

Mavzuga oid