Light | 08:00 / 06.01.2019
51459
4 daqiqa o‘qiladi

Tonggi soat sakkiz: sayyoraning turli burchaklari fotoapparat obektivida

Belgiyalik fotograf Paskal Mannayerts mana o‘n yildirki, dunyo bo‘ylab sayohat qilib, “insoniyatni eng kuchli shakllarda tasvirlash”ga harakat qiladi. Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq uning obektivida bir necha marta bo‘lgan.

“Erta tong — har qanday yangi joyni his etish uchun ideal fursat”, — deydi u. Shuning uchun u har bir mamlakatga tashrif jarayonida erta turishga odatlandi. Nihoyat barcha suratlarni “Butun dunyodagi tonggi soat sakkiz” seriyasiga to‘pladi.

Varanasi, Hindiston, 2008 yil: “Kunning bu qismida hindlar cho‘milishadi va ibodatni amalga oshiradilar. Butun Hindistondagi yuzlab ziyoratchilar shaharga kelishadi va uzoq yo‘l bosib daryo qirg‘og‘iga tashrif buyuradilar. Odamlar oqimi, go‘zallik va ranglar okeani hamma yerda. Men buni yaxshi ko‘raman…”.

Kyaikto, Myanma, 2014 yil: Yigit o‘zining restorandagi ilk qahvasidan huzur olmoqda.

Shrimangal, Bangladesh, 2014 yil: “Shrimangalda Mahmudni uchratdim. Uni har kuni tongda nabirasi bilan o‘ynayotganini ko‘raman. “Bu mening kunni boshlash usulim, — dedi u, — undan keyin men uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvatni olaman, u menga kun davomida shijoat beradi”.

Mandalay, Myanma, 2014 yil: Monaxlar Mandalay ko‘chalarida guruch terishadi.

Tokio, Yaponiya, 2015 yil: Ofisga ketish yo‘lidagi yoqimli fursat.

Yazd, Eron, 2015 yil: Yazddagi jome masjidi.

Gobi sahrosi, Mo‘g‘uliston, 2014 yil: Bolakay kunini sahroda boshlaydi.

Vrindavan, Hindiston, 2014 yil: “Gayatri pujani amalga oshiradi”.

Tirelli, Mali, 2007 yil: “Ayol quduqqa borib kun uchun suv olmoqda. Bu og‘riqli ish ayollar tomonidan bajariladi”.

Jaysalmer, Hindiston, 2008 yil: Erta tongda sartaroshxonaga kelgan odam”.

Jaysalmer, Hindiston, 2008 yil: Ilk choy uchun ayni vaqt.

Erg-Shebbi qumtepaliklari, Marokash, 2009 yil: Erkak, bola va ikki tuya.

Gorom-Gorom bozori, Burkina-Faso, 2009 yil: Bozordagi olomon orasidagi bola va ikki ayol.

Katmandu, Nepal, 2010 yil: Kun boshida erkaklar ko‘chalarda gazeta o‘qishmoqda.

Ubud, Indoneziya, 2008 yil: “Ubudda kun boshi”.

Varanasi, Hindiston, 2015 yil: Sanskrit maktabi o‘quvchilari yoga bilan shug‘ullanishmoqda.

Ulan-Bator, Mo‘g‘uliston, 2014 yil: “Kun boshida cho‘pon ayol Ulan-Bator tumanida quritilgan go‘ngni yig‘moqda. Uni olov yoqish uchun ishlatadi”.

Pors, Eron, 2015 yil: Cho‘pon podani tekislik sari boshlamoqda.

Samarqand, O‘zbekiston, 2016 yil: “Ayollar guruhi Samarqanddagi afsonaviy Registonga ketishmoqda. Bu buyuk madrasalar ansambli – Markaziy Osiyodagi eng g‘aroyib qadamjolardan biri”.

Dakka, Bangladesh, 2014 yil: “Burigang daryosidagi tungi sokinlikdan keyin harakat yangilanmoqda”.

Dakka, Bangladesh, 2014 yil: Bolakay tonggi gazetalarni ko‘chada sotmoqda.

Mavzuga oid