YeI 2015 yildan beri O‘rta Yer dengizida 650 mingdan ortiq migrantni qutqardi
Yevroittifoqning O‘rta Yer dengizida o‘tkazgan harbiy-dengiz operatsiyalari natijasida o‘tgan uch yil ichida Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlaridan bo‘lgan 650 mingdan ortiq qochoq qutqarildi. Bu haqda migratsiya, ichki ishlar va fuqarolik masalalari bo‘yicha yevrokomissar Dimitris Avramopulos ma'lum qildi.
O‘tgan yilning martida YeI davlatlari O‘rta Yer dengizi orqali migrantlarning noqonuniy olib o‘tilishi va odamlarni qutqarish bo‘yicha “Sofiya” missiyasi mandatini 2019 yil martigacha uzaytirishga kelishib olgandi.
Keyinchalik “Sofiya” nomini olgan EUNAVFOR MED operatsiyasi 2015 yildan buyon o‘tkazib kelinadi va Yevropaga O‘rtayer dengizi orqali o‘tishga uringan migrantlarni qutqarishga qaratilgan.
Mavzuga oid
11:30 / 21.09.2024
YeI Ukrainaga 35 mlrd yevro taqdim etadi
10:50 / 20.09.2024
YeI Livanda elektron qurilmalarning ommaviy portlashini qoraladi
14:50 / 17.09.2024
YeIda boshpana so‘rash bo‘yicha yangi arizalar soni biroz kamaydi
09:10 / 17.09.2024