Fan-texnika | 14:28 / 10.01.2019
12657
1 daqiqa o‘qiladi
Rolls-Royce o‘tgan yili butun tarixi davomidagi eng ko‘p avtomobilini sotdi
Angliyaning Rolls-Royce avtomobil kompaniyasi 2018 yilda 115 yillik tarixi davomidagi savdo rekordini o‘rnatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma'lum qildi.
O‘tgan yil davomida kompaniya dunyoning 50 mamlakatidagi mijozlariga 4107 dona mashina sotdi. Eng ko‘p avtomobil markaziy va Janubiy Amerika bozorlarida sotilgan.
Rolls-Royce 2018 yil mayida o‘zining birinchi yo‘ltanlamasini rasman taqdim etgandi. Mashina 1905 yilda Afrikada topilgan eng katta olmos sharafiga Cullinan deb nomlangan.
Yangi avtomobil 5,75 litr hajmli va 571 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
15:20 / 17.09.2024
Yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa odam deb topildi
16:41 / 31.08.2024
Rolls va Roysning nomi berilgan brend – qo‘lda yig‘iladigan qimmatbaho avtomobil tarixi
07:10 / 03.08.2024
Rolls-Royce har bir xodimiga 700 funt sterling qiymatidagi aksiyalarni beradi
11:30 / 06.07.2024