Sport | 22:55 / 13.01.2019
23711
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yirik g‘alabaga erishdi va keyingi bosqichga chiqdi

Foto: KUN.UZ

Osiyo Kubogining guruh bosqichida F guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda. 

Ikkinchi turni Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan Ektor Kuper jamoasi yirik g‘alabaga erishishdi. O‘yinning birinchi bo‘limida Eldor Shomurodov dubl qayd etdi, Javohir Sidiqov va Jaloliddin Masharipov bittadan golni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi - 4:0.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida shu hisob saqlanib qoldi.

Bu g‘alabadan keyin O‘zbekiston terma jamoasi guruh peshqadamiga aylandi va ochkolari sonini 6taga yetkazib, muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qildi. Ayni vaqtda Yaponiyada ham 6 ochko bor, ammo yaponlar to‘plar nisbati tufayli ikkinchi o‘rinda qolgan.

17 yanvar kuni O‘zbekiston va Yaponiya terma jamoalari o‘zaro uchrashuvda guruh g‘olibligi masalasini hal qilishadi.

Osiyo Kubogi. Guruh bosqichi
2-tur

Turkmaniston - O‘zbekiston 0:4

Gollar: 0:1 – 17 Sidiqov, 0:2 – 24 Shomurodov, 0:3 – 40 Masharipov, 0:4 – 42 Shomurodov.

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov (Davron Hoshimov, 46), Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Odil Ahmedov (Fozil Musayev, 76), Dostonbek Hamdamov, Otabek Shukurov, Javohir Sidiqov (Ikrom Aliboyev 68), Jaloliddin Masharipov, Eldor Shomurodov.

Turkmaniston: Mammet O‘rozmuhammedov , Zafar Bobojonov, Sapar Mekanov, Vezirgeldi Ilyasov, Gurbangeldi Batirov, Sardor Annao‘rozov, Arslanmurat Omonov (Titov, 65), Ruslan Mingazov, Ahmet Atayev (Annayev, 44), Rasul Xo‘jayev, Vohid O‘rozsahedov (Annadurdiyev, 46).Ogohlantirishlar: Anzur Ismoilov (71).

Mavzuga oid