Jahon | 16:09 / 18.01.2019
7184
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Manbij shahrida Suriya hukumati qo‘shinlari bo‘lishiga qarshi chiqdi

Suriya hukumati qo‘shinlari mamlakat shimolidagi Manbij shahriga kirmasliklari kerak. Turkiya TIV rasmiy vakili Hami Aksoy ana shunday bayonot bilan chiqdi.

«Xalq mudofaasi kuchlari» Bashar Asad qo‘shinlarining Manbij shahriga kirishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak», dedi u.

Bundan tashqari, Aksoy «Suriyadan Amerika qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi «Xalq mudofaasi kuchlari» va «Demokratik ittifoq» partiyasi terrorchilarining foydasiga ishlamasligi kerakligini qayd etdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan yilning 19 dekabrida Suriyadan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishini ma'lum qildi. Amerika rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, 2 mingdan ortiq qo‘shinning olib chiqib ketilishiga 60 kundan 100 kungacha vaqt ketadi.

Mavzuga oid