Sport | 12:50 / 19.01.2019
12666
1 daqiqa o‘qiladi
De Yong «Barselona»ga o‘z qarorini yetkazdi
«Ayaks» klubi va Gollandiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Frenki de Yong o‘z kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 21 yoshli iqtidor faoliyatini «Barselona»da davom ettirmoqchi va bu haqda kataloniyaliklarni xabardor qilgan. Ammo u yozgacha «Ayaks» tarkibida qolmoqchi.
Avvalroq, «PSJ» klubi de Yongni katta maosh taklif qilib, og‘dirib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Frenki «Ayaks» tarkibida 16ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan. Uning transfer narxi 50 million yevro atrofida.
Mavzuga oid
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
12:38 / 30.08.2024
«Barsa»dan jiddiy start. Flik chempionlik uchun kurashishini baralla e’lon qildi
18:54 / 09.08.2024
«Barselona» Dani Olmo transferini e’lon qildi
17:50 / 19.07.2024