O‘zbekiston terma jamoasining Avstraliya bilan o‘yinoldi mashg‘ulotidan fotojamlanma
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21 yanvar, dushanba kuni Osiyo Kubogi nimchorak finalida Avstraliyaga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Yakshanba oqshomida jamoa o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Al-Aynda hafta oxiriga kelib havo harorati biroz pasaydi. Rasmiy tayyorgarlik Avstraliya bilan o‘yin bo‘lib o‘tadigan «Xalifa bin Zayd» stadionining 3-mashg‘ulot maydonida o‘tkazildi. Tarkibdagi barcha futbolchilar sog‘lom va ertangi bahsda maydonga tushishga tayyor.
Ma'lumot uchun, Avstraliya va O‘zbekiston terma jamoalari guruh bosqichining so‘nggi turini ham ayni shu stadionda o‘tkazishgan. Ular Al-Ayn shahridagi bitta mehmonxonada istiqomat qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliya–O‘zbekiston bahsi 21 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. Unda "sokkeruz" sariq, O‘zbekiston esa oq rangli liboslarda maydonga tushadi. O‘yinni qatarlik Abdulrahmon Al-Jassim boshqarib boradi. Juftlik g‘olibi chorak finalda BAA-Qirg‘iziston o‘yini g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Mavzuga oid
12:36 / 19.08.2020
O‘zbekiston - Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirildi
12:19 / 24.06.2020
O‘zbekiston milliy jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
16:56 / 11.06.2020
FIFA yangi reytingi e'lon qilindi: O‘zbekiston o‘rnida qoldi
19:58 / 23.02.2020