Markaziy Osiyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi Qozog‘istonda ishga tushirildi
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida Markaziy Osiyo va MDHdagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Bnews.kz xabar bermoqda.
«Qozog‘istonda endi Markaziy Osiyodagi ikkita eng yirik quyosh elektr stansiyasi bor. Ulardan biri Burminsk va ikkinchisi quvvati 100 MVt bo‘lgan «Saran» QES. Quyosh elektr stansiyasida ilg‘or texnologiyalar qo‘llangan, yaxshi panellar o‘rnatilgan, barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan», - dedi Qozog‘iston Respublikasi energetika vaziri Kanat Bozumbayev.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, 2020 yil oxirigacha umumiy quvvati 2353,4 MVt bo‘lgan 50 dan ziyod obektlar quriladi. 2021 yildan 2023 yilgacha umumiy quvvati 857 MVt bo‘lgan yana 36 ta qayta tiklanadigan energiya manbalari obekti ishga tushiriladi.
«Hozirgi kunda respublikada umumiy quvvati 531 MVt bo‘lgan qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha 67 ta obekt mavjud. 2018 yil yakunlari bo‘yicha qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olinadigan elektr energiyasi hajmi 1,3 mlrd KVt.s.ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun biz qayta tiklanadigan energetika sohasiga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha bir qator shartnomalar va memorandumlarni imzolab, 100 milliard tenge (yoki 283 million dollar) miqdorida mablag‘ yo‘naltirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirdik», - deya aniqlik kiritdi Bozumbayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda mamlakat nomini o‘zgartirish taklif etilgandi.
Mavzuga oid
14:28 / 02.10.2024
Islohotlarni hayotga tatbiq etish uchun prezidentga 7 yil muddat yetarli - To‘qayev
22:02 / 01.10.2024
Qozog‘iston Xitoyga gaz yetkazib berishni ko‘paytirish uchun yana bir gaz quvuri qurmoqchi
12:50 / 30.09.2024
Qozog‘iston o‘zbek etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
22:16 / 27.09.2024