Yaponiyaning Osiyo Kubogidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi yana uzaydi (fotogalereya)
Yaponiya terma jamoasi Osiyo Kubogi chorak finali doirasida Vetnam bilan bahs olib bordi va penaltidan urilgan yagona gol evaziga keyingi bosqichga chiqdi.
Shu tariqa, «samuraylar» qit'a birinchiligi final bosqichlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 16ta o‘yinga yetkazishdi. Yaponiya so‘nggi marta 2007 yilgi Osiyo Kubogi yarimfinalida Saudiya Arabistoniga yutqazgan edi (2:3). Ushbu terma jamoa shundan keyingi 16ta o‘yindan 12tasini g‘alaba bilan yakunladi, 4ta durang qayd etdi. Kuchlar teng kelgan bahslarning uchtasi pley-off bosqichiga to‘g‘ri keladi: yaponlar shuncha marotaba penaltilar seriyasida qatnashgan bo‘lib, ularning faqat bittasida raqibdan ko‘ra omadliroq chiqishgan.
Ushbu mag‘lubiyatsiz seriya 2007 yilgi Osiyo Kubogidagi uchinchi o‘rin uchun bahsda boshlangan bo‘lib, o‘shanda yaponlar Janubiy Koreya bilan 0:0 hisobini qayd etishgan, penaltilar seriyasida esa yutqazishgandi. Jamoa 2011 yilda chempionlikka erishgan, 2015 yil esa yana futbol lotereyasidagi omadsizlik sabab BAAga imkoniyatni boy berib, chorak finaldayoq kurashni to‘xtatishgandi.
Bu galgi qit'a chempionatida Yaponiya guruh bosqichida Turkmaniston, Ummon va O‘zbekiston terma jamoalarini mag‘lub etdi, nimchorak va chorak finallarda Saudiya Arabistoni va Vetnamdan 1:0 hisobi bilan ustun keldi. Hadzime Moriyasu qo‘l ostidagi jamoa yarim finalda Xitoy–Eron juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Mavzuga oid
02:21 / 02.12.2022
JCh-2022. Yaponiya Ispaniya ustidan irodali g‘alabaga erishib 1-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi, Germaniya yana guruhda qolib ketdi
22:12 / 25.08.2021
OFK Kubogi. 5ta gol kiritilgan bahsda «Nasaf» ««Ahal»ni mag‘lub etib, yarimfinalga chiqdi
23:13 / 17.05.2021
OFK Kubogi. «Nasaf» «Xo‘jand»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
14:18 / 19.11.2019