Jahon | 10:30 / 25.01.2019
8600
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp shatdaun bo‘yicha ultimatum qo‘ydi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp, agar Meksika bilan chegarada devor qurish uchun pul ajratilsa, shatdaunni to‘xtatadigan budjet qonunini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Reuters Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning bayonotiga asosan xabar bermoqda.

Sandersning ta'kidlashicha, budjet qonunida devor qurish uchun «katta avans to‘lovi» kafolatlanishi kerak.

Shuningdek, Oq uy matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, senatorlar hozirgi vaqtda shatdaunni to‘xtatish uchun budjet to‘g‘risida kelishuvga erishishga intilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, uch hafta ichida AQShda budjet tashkilotlari moliyalashtirilishini tiklash rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WP AQSh respublikachilar partiyasi nimaga aylanganini so‘zlab bergandi.

Mavzuga oid