O‘zbekiston | 13:12 / 26.01.2019
19775
2 daqiqa o‘qiladi

1 iyuldan boshlab YPX inspektorlari mobil videokamera bilan ishlashni boshlaydi

Foto: IIV axborot xizmati

O‘zbekistonda 2019 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l-patrul xizmatining barcha inspektorlari mobil videokamera bilan jihozlanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bergan.

Hukumatning 1 dekabrdagi qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

«Joriy yilning 1 iyulidan boshlab YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini ochiq, mobil videokameradan foydalanib olib borishga majbur bo‘ladi», - deya xabar berishgan IIVdan.

YPX xodimi xizmat vazifasini amalga oshirishda mobil videokameradan foydalanishi va bu haqda yo‘l harakati qatnashchilariga ma'lum qilishga majbur.

Eslatib o‘tamiz, yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlarining barcha xodimlari mobil kameralar bilan faoliyat olib borishi zarurligi to‘g‘risida prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning dekabrida Oliy Majlis palatasiga murojaatida ma'lum qilgan edi. 

Mavzuga oid