Xitoylik uchuvchilarga samolyotlarda chekish taqiqlab qo‘yildi
Xitoy aviakompaniyalari uchuvchilariga ichki reyslarda uchuvchilar kabinasida chekish taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda Daily Mail nashri ma'lum qildi.
Bu taqiqlov xalqaro reyslarda 20 yildan beri mavjud, endi esa u ichki reyslarga ham tatbiq qilindi.
Xitoy fuqarolik aviatsiyasi samolyot salonida chekishga taqiqlovni 2017 yil oktyabrda kiritgan, biroq uchuvchilar kabinasida chekishga taqiqlovni 2 yildan keyin joriy qilish rejalashtirilgandi.
Muddatdan avval taqiqlovni kiritish qarori Hongkongdan Dalyanga amalga oshiriluvchi reyslardan biridagi hodisadan keyin qabul qilingan. Samolyotning ikkinchi uchuvchisi kabinada chekkan elektron sigaret hidini yashirish maqsadida samolyotda shamollatish tizimini yoqqan. Buning natijasida salonda kislorod darajasi tushib ketgan, bu esa favqulodda ogohlantirish tizimining ishlashi va kislorod niqoblarining tashlanishiga olib kelgan. Oqibatda uchuvchilar samolyotni 10 daqiqa ichida 7600 metrga, ya'ni 3 ming metrgacha pastlatishlariga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
20:47 / 21.09.2024
Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
21:38 / 05.09.2024
AQSh Dominikanda Maduroga tegishli ikkinchi samolyotni aniqladi
20:50 / 23.08.2024