Jahon | 21:38 / 03.02.2019
7831
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko prezidentlikka nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjat topshirdi

Foto: RIA Novosti

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko prezidentlikka nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjat topshirdi. Bu ma'lumotni uning matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko tasdiqladi.

"Ushbu bayramona kunda Pyotr Poroshenko prezidentlikka nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun markaziy saylov komissiyasiga hujjat topshirdi", - deb yozdi u Facebook sahifasida.

Poroshenko ikkinchi muddatga nomzodini ilgari surishini Kiyevda o‘tayotgan “Krutdan Bryusselgacha” forumida ma'lum qilgandi.

Ukrainada prezident saylovi 31 martda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid