Jahon | 16:06 / 04.02.2019
8920
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistondagi aeroportda yo‘lovchining yukidan qoplon bolasi topildi

Foto: Getty Images

Hindiston aeroportida yo‘lovchining bagajidan bir oylik qoplon topildi, deya xabar bermoqda «Bi-bi-si».

Ta'kidlanishicha, Tailanddan Hindistonga kelgan aviayo‘lovchi bojxonachilar sumkasidan qoplon bolasini topishgach, aeroportda qo‘lga olindi.

Erkak aeroport xodimlari uning yukidan kelayotgan g‘alati tovushni eshitishganidan so‘ng shubha uyg‘otgan, sumkada esa og‘irligi taxminan bir kilogramm bo‘lgan qoplon bolasi yashirib qo‘yilgan.

«Hayvon shok holatida bo‘lib, asabiy tovushlar chiqargan hamda kuchsiz ko‘rinardi», - deya aytib o‘tishdi aeroport vakillari.

45 yoshli qo‘lga olingan erkakning nomi oshkor etilmayapti, u bojxona xodimlari yuk haqida savol berishganida, «tushunarsiz javoblar qaytargan». Ayni paytda rasmiylar gumonlanuvchi xalqaro kontrabanda tashkilotiga a'zoligini aniqlashga urinmoqdalar.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, qoplon bolasi Chennaydagi zoologiya bog‘iga olib borilgan, u yerda unga g‘amxo‘rlik qilishyapti.

Mavzuga oid