O‘zbekiston | 09:30 / 04.02.2019
25238
1 daqiqa o‘qiladi

Hukumat qarori: ayrim ma'lumotlarni rasman e'lon qilish bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi

Foto: REUTERS

Ayrim ma'lumotlarni rasman e'lon qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq quyidagi ma'lumotlarni rasman e'lon qilish bo‘yicha ilgari belgilangan cheklovlar bekor qilindi:

foydali qazilmalarning zaxira va resurslari, ularning qazib olish va sotish hajmlari, mablag‘larning taqsimlanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DKning 2013 yildan boshlab milliy va xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari;

2017 yil 1 yanvar holatigacha davlat oltin valuta-zaxiralarining yillik hajmlari va ularning tarkibi;

davlat va davlat tomonidan kafolatlangan (ichki va tashqi) qarzlarning umumiy hajmi, ularning manbalari, valutalari, foiz stavkalari, so‘ndirish muddatlari, shuningdek qarzdor tashkilotlar kesimida o‘zlashtirilishi va qaytarilishi bo‘yicha ma'lumotlar.

Mavzuga oid