Germaniya kubogi. «Bavariya» chorak finalda, «Borussiya D» kurashdan chiqdi
Germaniya kubogining nimchorak final bosqichiga yakun yasaldi.
Chorshanba oqshomida «Bavariya» «Herta» mehmoni bo‘lib, overtaymda urilgan gol evaziga hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi va chorak finalga yo‘l oldi. «Shalke», «Augsburg» va «Leypsig» klublari ham keyingi bosqich ishtirokchisiga aylanishdi.
Eslatib o‘tamiz, chorak finalning yana to‘rt ishtirokchisi bir kun avval ma'lum bo‘lgan, unga ko‘ra «Haydenhaym», «Hamburg», «Verder», «Paderborn» klublari kurashni davom ettiradigan bo‘lgandi. Favoritlardan Dortmundning «Borussiya» klubi penaltilar seriyasida «Verder»ga yutqazdi.
Chorak finalga 10 fevralda qur'a tashlanadi.
Germaniya kubogi
1/8 final, 6 dekabr
RB Leypsig – Volfsburg 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 9 Mateus Kunya.
Holshtayn Kil – Augsburg 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 85 Gregorich.
Herta – Bavariya 2:3 (1:1, 1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 3 Mittelshtedt, 1:1 – 7 Gnabri, 1:2 – 49 Gnabri, 2:2 – 67 Zelke, 2:3 – 98 Koman.
Bavariya – Ulrayx, Zyule, Alaba, Kimmix, Hummels, Goretska, Alkantara, Xames (Martines, 119), Gnabri (Riberi, 89), Koman (Myuller, 120), Levandovski.
Shalke – Fortuna 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 29 Kutuju, 2:0 – 48 Sane, 3:0 – 53 Ut, 3:1 – 71 Hennings, 4:1 – 87 Sane.
Kutuju (21), Bruma (40), Morales (60), Kovnatski (87).
5 fevral
Haydenhaym – Bayyer 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 44 Brandt, 1:1 – 47 Dovedan, 2:1 – 72 Multaup.
Hamburg – Nyurnberg 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 54 O‘zjon.
Borussiya D – Verder 3:3. Pen. - 2:4
Gollar: 0:1 – 5 Rashitsa, 1:1 – 45 Roys, 2:1 – 105 Pulishich, 2:2 – 108 Pisarro, 3:2 – 113 Hakimi, 3:3 – 119 Xarnik.
Duysburg – Paderborn 1:3 (0:0, 1:3)
Gollar: 1:0 – 47 Kauli, 1:1 – 52 Tekpetey, 1:2 – 61 Preger, 1:3 – 76 Antvi-Ajyey.
Mavzuga oid
12:27 / 18.09.2024
«Real»da yangi yulduz porladi, «Bavariya» 9 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
01:58 / 02.06.2024
«Real» - 15 karra Chempionlar Ligasi g‘olibi
20:23 / 29.05.2024
Vensan Kompani – «Bavariya» bosh murabbiyi
17:58 / 25.05.2024