Sport | 16:39 / 08.02.2019
15480
2 daqiqa o‘qiladi

«Flamengo» klubi bazasida yong‘in: o‘n kishi halok bo‘ldi

Foto: PaginaBrazil / Twitter

Braziliyaning «Flamengo» futbol klubiga qarashli Ninho do Urubu mashg‘ulot bazasida yuz bergan yong‘in oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Globo telekanali xabar qilmoqda.

Uch kishi jarohat olgan, ulardan biri jiddiy ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Ta'kidlanishicha, jabrlanganlardan biri 14 yoshda.

Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 05:10da (Toshkent vaqti bilan 01:10) boshlangan, uni faqat ikki soatdan keyin o‘chirishdi. Olov 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan «Flamengo» yoshlar jamoasi o‘yinchilari uxlab yotgan binoda tarqalgan. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

Baza 2018 yilda ochilgan, u Lotin Amerikasidagi eng zamonaviylaridan biri, deya qayd etadi telekanal. Ninho do Urubu’da «Flamengo»ning ham asosiy, ham yoshlar jamoasi futbolchilari shug‘ullanadi.

A seriyasida - Braziliya chempionatining yuqori divizioni - «Flamengo» San-Pauluning «Palmeyras» klubidan ortda qolib, 72 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Mavzuga oid