Jahon | 14:31 / 08.02.2019
10397
1 daqiqa o‘qiladi

Timoshenko Donbassda muxtor mintaqani tashkil etishga qarshi chiqdi

Foto: RIA Novosti

Ukraina prezidentligiga nomzod, «Batkivshchina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko Donbassga muxtor mintaqa maqomini taqdim etish tashabbusiga qarshi chiqdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Donbassda muxtoriyat tashkil etish haqida turli fikrlar yangradi. Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu bizning hududimiz, bu bizning yerimiz», - deya ma'lum qildi Timoshenko.

Uning fikriga ko‘ra, mintaqadagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha muzokaralar jarayoni boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko rossiyalik kuzatuvchilarni saylovlarga kiritmaslikka qaror qilgandi.

Mavzuga oid