Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri AQShning ehtimoliy sanksiyalarini "g‘alati" deb hisoblaydi
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al Jubayr AQShning qirollikka qarshi ehtimoliy sanksiyalarini "g‘alati" deb hisoblashini bildirdi.
"Kongress a'zolari Eron va "Hizbulloh" qo‘llab-quvvatlayotgan terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashayotgan Saudiya Arabistoni va BAA kabi ittifoqchilarini to‘xtatishga urinishlarini judayam g‘alati deb hisoblayman", - dedi u CBS kanaliga bergan intervyusida.
O‘tayotgan haftada jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limiga aloqador bo‘lganlarga qarshi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi qonun kongressga yana taqdim etildi. Bundan tashqari, Yamandagi fuqarolar urushida ommaviy qurbonlar bo‘layotgani haqidagi xabarlar ortidan qirollikka qurol yetkazib berishni qisqartirish borasida tashabbuslar ilgari surilmoqda.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024